Telegram messenjerining turli mamlakatlardagi foydalanuvchilari 14 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 12:10-12:15 oralig‘ida messenjerdan foydalanishda muammolarga duch kelishdi.
Foydalanuvchilarning aytishicha, bu vaqt davomida xabarlar jo‘natish, qabul qilish, chatlarda va alohida suhbatlar qurishning imkoni bo‘lmagan.
Telegram asosyachisi Pavel Durov o‘z tvitterida bu muammolar Yevropadagi kommutatordagi zo‘riqish tufayli ekanini ma’lum qilgan.
Ko‘p vaqt o‘tmay messenjer odatiy tartibda ishlay boshlagan.