Telegram dunyoning bir necha mamlakatlarida ishlamay qoldi
Telegram’dagi nosozlik Yevropa, MDH, Yaqin Sharqdagi foydalanuvchilarga noqulaylik tug‘dirdi. Bu haqda messenjer jamoasi Twitter dagi sahifasida ma’lum qilgan.
“Amsterdam yaqinida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolardan so‘ng qayta tiklash ishlari olib borilmoqda. Yevropa MDH va Yaqin Sharqdagi foydalanuvchilar unga ulana olishmaydi”, deyiladi xabarda.
29 aprelga o‘tar kechasi messenjer asoschisi Pavel Durov tvitterda Telegram’ning yevropalik foydalanuvchilari serverlar qizib ketgani sababli messenjerga ulanish bilan muammolarga duch kelishlari mumkinligini ma’lum qilgandi.
O‘zbekistonda ham bu vaqtda Telegramdan foydalanish imkoniyati bo‘lmadi. Hozirda esa Telegram o‘z faoliyatini tikladi.