Telegram’da 50 ming so‘mlik dasta pullarning suratlari paydo bo‘ldi
O‘zbekistonda 22-avgustdan 50 ming so‘mlik kupyuralar muomalaga chiqariladi, mazkur sana arafasida esa Telegram’da 50 ming so‘mlik dasta pullarning suratlari paydo bo‘ldi.
Avvalroq xabar berilganidek, O‘zbekiston Markaziy banki 50 ming so‘mlik kupyuralarni, eng asosan, naqd pulni ishlatish bilan bog‘liq noqulayliklarni kamaytirish hamda bankomatlar orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar ko‘lamini kengaytirish maqsadida chiqargan.
Markaziy bankning alohida ta’kidlashicha, 50 ming so‘mlikning chiqarilishi narxlarga ta’sir qilmaydi va inflyatsiyaga sabab bo‘lmaydi.