Bugun, 6 aprel kuni Aloqa, axborot texnologiyalari va ommaviy axborot vositalari kommunikatsiyalari sohasida nazorat bo‘yicha Rossiya federal xizmati (Roskomnadzor) Telegram’ni bloklash to‘g‘risida sudga murojaat yubordi. Bu haqda Xizmat saytida ma’lum qilindi.
Ta’kidlanishicha, Xizmat Moskva viloyatining Taganskiy rayon sudiga “Internet Telegram Messenger” MChJ axborot tarqatish tashkilotining “Axborot haqida, axborot texnologiyalari va axborotni himoya qilish to‘g‘risida”gi qarorni buzgani haqida murojaat yo‘llagan.
Unga ko‘ra, Telegram Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) tomonidan axborot resurslarining Rossiya hududiga kirishini ma’lum tarzda cheklash to‘g‘risidagi talabini bajarmayotgani aytilgan.
Messenjer rasmiylarining ma’lum qilishicha, agar Telegram FXX talab qilgan shartni bajarsa, tarmoq foydalanuvchilarining elektron xabarlarini o‘qib, nazorat qilish imkoniga ega bo‘lishini bildirgan. Bu esa tashkilotning obro‘sizlanishiga sabab bo‘lishi ta’kidlanmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, shu yilning 20 mart sanasida so‘ralgan axborotlarni taqdim qilish uchun Telegram’ga Roskomnadzor tomonidan 15 kun muhlat berildi, keyinroq FXX bu muddatni 10 kunga qisqartirdi.
Joriy yilning 2 apreliga qadar bu so‘rovga Telegram’dan hech qanday javob bo‘lmagan. Messenjer ma’muriyati so‘ralgan ma’lumotlarni berish texnik tomondan imkonsiz ekanini ta’kidlab kelmoqda.