Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda ommabop messenjer Telegramni ham buzib kirib, undagi shaxsiy xabarlarni o‘qish mumkinligi haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Quyidagi tavsiyalar yordamida siz o‘z Telegram sahifangizni buzib kirishdan himoya qilishingiz mumkin:
1. Telegram mobil mijozini oching. U yerdan Settings punktini toping.
2. Boshqa sahifadan Privacy va Security punktlarini toping.
3. Privacy va Security bo‘limlarida bizga Security bo‘limi kerak. Birinchi navbatda Two-Step Verification punktini topamiz va qo‘shimcha parol o‘rnatamiz. Qo‘shimcha parol sizning Telegram sahifangizni yanada ishonchliroq qiladi. Ya’ni siz boshqa qurilmadan telegramga kirmoqchi bo‘zlganingizda, faqat sms orqali jo‘natilgan parolni emas, balki qo‘shimcha parolni ham kiritishingizni so‘raydi. Turgan gapki, uni sizdan boshqa hech kim bilmaydi, natijada esa telegram sahifnagizni hech kim buzib kirolmaydi.
4. Endi esa Active Sessions punktiga ahamiyat bering. Uning yordamida siz telefon raqimingizdagi telegram ishlayotgan barcha qurilmalarni ko‘rishingiz va ortiqchasini o‘chirishingiz mumkin.
Ro‘yxatda mijoz ismi, IP-manzili va so‘nggi marta Telegramdan foydalangan sana ko‘rsatiladi.
Mazkur ma’lumotlarni ko‘zdan kechiring va ortiqchasini o‘chirib yuboring.