Tatyana Karimova Islom Karimov nomidagi yangi kutubxonani ochib berdi
Kecha, 27 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi kutubxona o‘z ishini boshladi.
Kutubxona o‘ziga xos tarixga ega binoda joylashgan. Istiqlolning dastlabki yillarida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti bu binoda keng jamoatchilik vakillari bilan uchrashgan, horijiy davlatlarning mamlakatimizga tashrif buyurgan dastlabki delegatsiyalarini qabul qilgan. Bu yerda Islom Karimov chet el davlatlarining birinchi elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qilib olgan. “Oqsaroy” qurilganidan keyin binoda Birinchi Prezidentning matbuot xizmati faoliyat yuritgan.
Kutubxonaning ochilish marosimida Birinchi Prezidentning rafiqasi Tatyana Karimova, keng jamoatchilik, ilmiy va madaniy doira vakillari ishtirok etdilar.