“Taksi” qahramoni Sami Naserini Moskvada kaltaklashdi
Fransiyalik aktyor, “Taksi” filmi bosh qahramoni Sami Naseri Moskvadagi tungi klubda ro‘y bergan janjaldan so‘ng Sklifosovskiy nomidagi ilmiy-tadqiqot institutiga tibbiy yordam so‘rab murojaat qildi.
“Ha, u murojaat qildi, unga yordam ko‘rsatib, o‘sha kuniyoq javob berib yuborildi”, deb ta’kidlagan tibbiyot muassasasi.
RIA Novostining xabar berishicha, janjal 5 avgust kuni tunda yuz bergan, biroq u haqda endigina ma’lum bo‘lgan. Naseri polisiya xodimlariga akasi Larbi bilan Tver ko‘chasidagi “Voys” barida dam olayotgan bo‘lgan. O‘sha yerda boshqa bir odam bilan mojaro chiqqan va u odam aktyorining yuziga urgan.
Ma’lumotga ko‘ra, Naseri shifoxonaga “bosh suyagidagi yopiq jarohat” bilan murojaat qilgan.