Suriyaning shimolida bo‘lgan janglarda “kurdistonlik Anjelina Joli” deb nom qozongan Asiya Ramazon Antar halok bo‘ldi. U kurdlarning “O‘z-o‘zini muhofaza qilish xalq birliklari” guruhining a’zosi hisoblanadi. Bu haqda “Basnews” xabar berdi.
Nashrning yozishicha, 20 yoshli qiz amerikalik aktrisa Anjelina Joliga juda o‘xshagani tufayli shunday laqab olgan.
Antar Jarablus shahrida, IShID jangarilari bilan bo‘lgan jangda halok bo‘ldi, deyiladi xabarda.
Asiya Antar 2014 yilda “O‘z-o‘zini muhofaza qilish xalq birliklari” guruhiga kelib qo‘shilgan.
Asiyaning Manbij shahridagi urushlarda ishtiroki paytida olingan surati ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan va shundan so‘ng, “kurdistonlik Anjelina Joli” laqabini olgan.