Spark va Captiva konveyerlari to‘xtatilishi haqidagi axborot tasdiqlanmadi
GM-uzbekistan.com saytida 2016 yili GM Uzbekistan Spark, Malibu va Captiva mashinalarini ishlab chiqarishni to‘xtatishi haqida xabar berilgan edi. Bu axborot elektron resurslarda keng tarqaldi.
Kun.uz ushbu axborot qay darajada haqiqatga mos kelishini aniqlash maqsadida GM Uzbekistan bilan bog‘langanda, kompaniya xodimi bu borada hech qanday rasmiy ma’lumot yo‘q ekanligini ta’kidladi.
Bundan tashqari, 2016 yil boshidan GM Uzbekistan kompaniyasi tomonidan Chevrolet Aveo sedanining ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilishi aniqlandi.