Toshkent shahri Mirobod tumanida 18 oktabr, seshanba kuni taxminan tungi soat 2:00 atrofida Captiva avtomobili yonib ketdi. avtomobilning suratlari ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirildi.
Internet foydalanuvchilarining ma’lum qilishicha, avtomobil ko‘p qavatli uydagi xonadonlarning birida yashovchi ayolga tegishli bo‘lgan.
Avtomobil ichki tomonidan yona boshlagan, olov ichkaridan tashqariga chiqqan. O‘t o‘chirish xizmati va YHXB xodimlari voqea sodir bo‘lgan joyga 10 daqiqa ichida yetib kelishi tufayli olov tezda o‘chirilib, yaqin atrofdagi mashinalarni xavfsiz masofaga ko‘chirilgan.
Avtomobilning yonib ketish sabablari turlicha talqin qilinmoqda. Kimdir avtomobilning elektr tarmog‘idagi nosozliklar desa, yana kimdir buning qasddan amalga oshirilganini taxmin qilmoqda.