2016-yildan ishlab chiqariladigan Chevrolet Spark (foto)
Chevrolet’ning 2016-yilgi modellar qatoridan to‘rtinchi avlod Chevrolet Spark avtomobili ham o‘rin olgan. “Kolyosa” nashri avtomobilning yangi suratlarini e’lon qildi.
Yangi avtomobil, katta ehtimol bilan, dastlab faqat Janubiy Koreyada ishlab chiqariladi. Eski Spark’ga nisbatan yangisining saloni nisbatan shinam ko‘rinish olgan.
Oddiy materiallardan foydalanilganiga qaramay, “Kolyosa”ning yozishicha, intererdagi o‘zgarishlar avtomobilning hamyonbopligi hissini ikkinchi darajaga tushirgan — salonda “qimmatbaholik ruhi”ni beruvchi bezaklardan foydalanilgan.
Yangi avtomobilning ruli multifunksional. Yetti dyuym ekranli MyLink multimedia tizimi esa yangi Chevrolet avtomobillarining ajralmas bo‘lagiga aylanib bo‘ldi.
O‘nta xavfsizlik yostiqchasidan tashqari yangi Chevrolet Spark’da avtoturargoh yordamchisi, orqa tomonni ko‘rish kamerasi, “ko‘rinmas” zonalarni nazorat qilish funksiyasi, old to‘qnashuvlar oldini olish va chiziq bo‘ylab harakatlanishni nazorat qilish tizimi ham bo‘ladi.