O‘qituvchilar uchun «Spark» va «Lacetti»ga maxsus aksiya e’lon qilindi
«UzAuto Motors» kompaniyasi 1 oktabr —O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan maxsus aksiya e’lon qildi.
Kompaniya xabariga ko‘ra, aksiya faqat umumta’lim, o‘rta-maxsus va oliy ta’lim muassasalarining o‘qituvchilari uchun amal qiladi hamda Chevrolet Spark va Lacetti avtomobillarini quyidagi shartlarda muddatli to‘lovga xarid qilish imkonini beradi:
- «Spark» — 70% oldindan to‘lov, muddati 6 oy;
- «Lacetti» 3 poz — 60% oldindan to‘lov, muddati 1 yil.
Muddatli to‘lovga avtomobil xarid qilish uchun xaridor yuqorida ko‘rsatilgan ta’lim muassasining o‘qituvchisi ekanligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etishi lozim.
Shuningdek avtomobilni garovga qo‘yish hamda hatardan sug‘urtalash ham mazkur aksiyaning asosiy shartlaridan biri sanaladi.
Shartnomalarni quyidagi dilerlik korxonalaridan olish mumkin:
- «AS SERVIS» tarmoqlarining dilerlik korxonalari;
-«Sergeli Avtotexxizmat» AJ;
- «Nurafshon Avtocentr» MChJ;
- «Qaraqalpaqavtotexxizmet» MChJ.
Aksiya 2019 yilning 30 sentyabriga qadar amal qiladi. Shoshiling, avtomobillar soni chegaralangan.