O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 29 may kuni “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste’mol qilish sohasida to‘lov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi farmonni imzolagan edi.
Mazkur farmonga asosan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida Majburiy ijro byurosi tashkil etilgan edi.
Majburiy ijro byurosi “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” tomonidan doimiy ravishda musodara qilingan mol-mulklarni auksionga qo‘yib kelmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining “Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish markazi” tomonidan navbatdagi mulklar kimoshdi savdosiga qo‘yildi.