“O‘zavtosanoat”dagi manbaning xabariga ko‘ra, Chevrolet Tracker dilerlik salonlarida bir necha kun ichida sotuvga chiqadi. Bu haqda “Sputnik” xabar berdi.
Ma‘lum bo‘lishicha avtomobil 2 ta komplektatsiyada sotuvga chiqariladi:
Chevrolet Tracker LT (1-pozitsiya) – 185 mln so‘m, mexanika korobka, konditsioner, 4 ta audio dinamik, elektr oyna ko‘targichlar, 4 ta xavfsizlik yostiqchasi, ABS va ESP StabiliTrak tizimlari bilan jihozlanadi.
Chevrolet Tracker LTZ AT (2-pozitsiya) – 215 mln so‘m, avtomat korobka, lyuk, charm o‘rindiqlar, “start-stop” tizmi, Bluetooth orqali smartfonga ulanish tizimi, 7 ekranli Bose audio va navigatsiya tizimi.
Chevrolet Tracker bir necha oy oldin ishlab chiqarishi to‘xtatilgan Chevrolet Captiva o‘rnini bosishi kerak. “O‘zavtosanoat” yil oxiriga qadar 1500 dona avtomobillar partiyasini sotish rejalashtirilgan.