Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Ziyoda-Super Qaynona [soundtreck]
. Qaqnus - Mal De music
. Bola Uyda yolg'iz-soundtreck
. Qaqnus - Destiny (korea)
. Lola - NEGA [soundtreck JODUGAR]
. Tanho malagim - Soundtreck
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Saroy Javohiri - Soundtreck
. Ko'sem - Soundtreck music (Turk serial)
. Sevgi Iztirobi - Yllar Sonra (turk seriali)
. Ishdagi Ishq - Моей душе покоя нет
. Yoz Ifori - Soundtreck
. Qor Alangasi - Soundtreck [Dream]
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - piano music soundtreck
. Pazanda - Sad Love
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Sobiq bosh prokuror Rashid Qodirov shartli ravishda ozodlikka chiqarildi
2019-yil 26-iyun kuni 10 yilga ozodlikdan mahrum qilingan O‘zbekiston sobiq bosh prokurori Rashid Qodirov bundan bir necha kun avval shartli ravishda ozodlikka chiqarilgan. Bu ma’lumotni Kun.uz’ning huquqni muhofaza qiluvchi organlardagi bir-biridan mustaqil ikki manbasi tasdiqladi.2000-2015-yillarda O‘zbekistonning bosh prokurori lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelgan Rashid Qodirov pora berishga dalolat qilish, firibgarlik, soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash, tergov qilishga va sud ishlarini hal etishga aralashish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish kabi hokimiyat, boshqaruv va jamoat birlashmalari organlarining faoliyat tartibiga qarshi bir qator og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir qilganlikda aybli deb topilgandi.Sud jarayoni 6 oyga yaqin davom etgandi. Ish jarayonida “Davlat sirlari to‘g‘risida”gi qonun talablariga muvofiq, yopiq tarzda o‘tkazilgan sud tergovi jarayonida barcha sudlanuvchilarning ko‘rsatuvlari birma-bir atroflicha tekshirilgan, 200ga yaqin guvohlarning ko‘rsatuvlari tinglanib, ish bo‘yicha o‘tkazilgan ekspertiza va xizmat tekshiruvlari xulosalari, shuningdek jinoyat ishida to‘plangan dalillar, ularning qonuniyligi va asosliligi nuqtayi nazaridan taftish qilingandi.

O‘zbekiston sobiq bosh prokurori Rashid Qodirov 2018-yil fevralida qo‘lga olingan edi. O‘shanda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 165- (tovlamachilik), 205- (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) va 210- (pora olish) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.

Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux G‘iyosovning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, ushbu ish hozirda sud vakolatida. Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning qo‘shimcha qilishicha, u hozirda bunday ma’lumotga ega emas.

Inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov ham Qodirov ozodlikka chiqqani haqida post qoldirib, sobiq bosh prokuror haqida olinishi kerak bo‘lgan film ko‘rsatilmaganini esladi.


Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 859 | Рейтинг: 0| Рейтинг: bosh, sobiq, chiqarildi, prokuror, shartli, ozodlikka, Rashid Qodirov, ravishda
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 12:25
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное