Joriy yilning 31 iyul kuni Toshkentdagi “Magic city” ko‘ngilochar bog‘ida Pepsi brendi tomonidan o‘tkazilgan “Mashinani ushlab tur va g‘olib bo‘l” deb nomlangan tanlovning grand finali o‘tkazildi. Tanlovning asosiy sovrini Volkswagen avtomobili edi.
Final bosqich ishtirokchilari qanday saralangan edi, deysizmi? Unda eshiting. Shartlar uch bosqichdan iborat edi.
Birinchi bosqichda tanlovda ishtirok etish istagidagilarning barchasi “Pepsi” mahsulotlari aks etgan videorolik suratga olib, uni 21 iyundan boshlab Instagram sahifasiga joylashtirdi. Videosi eng ko‘p tomosha qilingan 50 nafar ishtirokchi ikkinchi bosqichga yo‘l oldi. Ikkinchi bosqichda ishtirokchilardan “Magic City”da video suratga olish talab etildi. Yarim finalga yetib kelgan 50 nafar ishtirokchining videosi ovoz berish hamda final uchun eng yaxshi 30 ta videorolikni tanlab olish maqsadida “pepsimagicavto” va tanlov hamkorining maxsus sahifasiga joylashtirildi. Bundan tashqari, tashkilotchilar eng kreativ video tayyorlagan qo‘shimcha ikki nafar ishtirokchini ham tanlab oldi.
Ijtimoiy tarmoqlar hamda Instagram orqali “Pepsi” va “Magic City” bilan bog‘liq eng yaxshi video uchun o‘tkazilgan saralash bosqichida 32 nafar bloger final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
So‘nggi bosqich 31 iyul kuni start oldi. Bu bosqichda ishtirokchilari final boshlangan paytdan ya’ni soat 17:00 dan boshlab, o‘ng qo‘li bilan mashinaning istalgan qismini ushlab turishi kerak edi. Asosiy shart – o‘ng qo‘lda mashinani ushlab turish va u bilan aloqani yo‘qotmaslikdir. Shartni bajarayotganda mashinaning ichiga kirish, o‘tirish yoki yotish, sun’iy qo‘ldan foydalanish, shuningdek, ishtirokchilarni almashtirish taqiqlandi.Bellashuvning halol o‘tishi va shaffofligini ta’minlash maqsadida avtomobil atrofiga videokuzatuv kameralari o‘rnatilib, finalni barcha muxlislar jonli efir orqali tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Ishtirokchilar uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida ular oziq-ovqat va ichimliklar bilan ta’minlandi. Shuningdek, zarur tanaffuslar berilib, barcha birdek teng huquqli ekanligi ta’kidlandi. Qo‘shimcha shartlar ham berilib, yutganga sovg‘alar berildi. Bundan tashqari, o‘yinni oldinroq tark etmoqchi bo‘lganlarga qimmatbaho sovg‘alar ham taklif qilindi.
Va nihoyat 27 soat-u 20 minutda 32 ishtirokchi orasidan hammaning ko‘z o‘ngida, halollik bilan g‘olib aniqlandi. Tanlovning barcha shartlarini bajargan va o‘ng qo‘li bilan eng uzoq vaqt mashinani ushlab turgan ishtirokchi – Abdurahmon Mavlonov g‘olib deb topildi. U musobaqaning bosh sovrini — Volkswagen egasiga aylandi.