Pepsi’ning yangi smartfoni ko‘rsatkichlari ma’lum bo‘ldi
Internetda Pepsi kompaniyasining yangi smartfoni P1 haqida insayderlik ma’lumoti paydo bo‘ldi, deb yozmoqda Gizchina nashri.
Ma’lumotlarga ko‘ra, smartfon 1920x1080 pikselli 5,5 dyuymli ekran bilan ta’minlanadi va takt chastotasi 1,7 GGs li 64 bitli MediaTek MT6592 protsessori negizida ishlaydi.
Smartfonning tezkor xotirasi 2 Gb, ichki flesh-xotirasi 16 Gb ni tashkil qiladi. Smartfon mos ravishda 13 va 5 Mp li asosiy va frontal kameralar bilan jihozlanadi. Akkumulyator sig‘imi 3000 mA-soatni va qurilmaning qalinligi 7,7 mm ni tashkil qiladi.
Bundan tashqari, smartfon metall korpus, deyarli “ramkasiz” ekran va daktiloskopik skaner bilan jihozlanadi. Pepsi P1 ning orqa qopqog‘idan kompaniya logotipi joy oladi. Smartfonda operasion tizim sifatida Android 5.1 olinadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi smartfon 20 oktyabrda – HTC One A9 smartfoni namoyishi bilan bir kunda namoyish qilinadi. Pepsi P1 200 dollardan boshlab sotiladi.