Bugun, 14 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Obid Asomov 55 yoshida o‘tkir infarkt xastaligidan Toshkentdagi 1-shahar klinik shifoxonasida vafot etdi.
Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.
Obid Asomov 1963 yil 22 oktabr kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumanida tavallud topgan.
Saytimiz tahririyati marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik izhor etadi.