Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

Smartfonlar o‘z egasini quloqlar orqali taniydi

Endilikda smartfonlar o‘z egasini quloqchinlar va quloqlarining shakli yordamida aniqlay olishlari mumkin. Noyob biometrik shaxsni aniqlash texnologiyasini NEC kompaniyasi taqdim etdi.
Quloq chig‘anoqlari tuzilishi har bir insonda noyob bo‘lganligi sababli, tovush quloq kanalida har xil aks-sado beradi. Xuddi shu xususiyat NEC kompaniyasining quloqchinlarida qo‘llanilib, qurilmada o‘rnatilgan maxsus mikrofon quloqning ichidan kelayotgan aksdan tovushni tahlil kiladi. Bunday texnologiya bir sekund ichida 99 foiz aniqlik bilan shaxsni aniqlash imkoniyatini beradi.
NEC kompaniyasining Media Processing Laboratories Corporation bosh direktori Shigeki Yamagataning so‘zlariga ko‘ra, bunday yangi texnologiya qo‘shimcha harakatlarsiz shaxsni aniqlashga yordam beradi. Autentifikatsiya esa harakatlar davomida quloqchinlardan foydalangan holda ham amalga oshaveradi.
NEC kompaniyasi yangi qurilmani tijoriy maqsadda sotuvga qo‘yishi 2018 yilga rejalashtirilgan. Lekin kompaniya hozirgi kundagi barmoq izi texnologiyasidan butunlay foydalanmaslikni taklif qilmayapti. Yangi texnologiyani esa qo‘shimcha holatlarda, misol uchun sirli qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirishda foydalanish mumkin, degan takliflarni kiritmoqda.


Manba:kun.uz
Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 3226 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Smartfon
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
Loginga Klas
Like | 0
malohat_8321 Voyyyy zoruuuuuu
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:56
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное