Smartfonga ulanadigan “aqlli” velosiped ixtiro qilindi
Kickstarter’dagi Vanhawks Valour loyihasi mualliflari
qaytadan velosiped ixtiro qilishdi. Yangi qurilma — yuqori texnologiyali
velosiped transport vositasi sifatida yaratildi. Bu haqda Look At Me xabar
berdi.
Velosiped
ruliga ikkita LED-lampalar o‘rnatilgan, ular burilish kerak bo‘lgan joyda
yonib-o‘chadi. Yo‘l haqidagi ma’lumotlarni aqlli velosiped Bluetooth orqali
smartfondan oladi.
Dastaklarda
vibromotorlar joylashgan. Orqa g‘ildirak sensorlari boshqa transport vositasi
yaqinlashayotganini sezsa, ular ishga tushadi. Ushbu texnologiya yordamida
velosipedda naushnik orqali musiqa eshitish xavfsizroq bo‘ladi.
Safarlar
haqidagi barcha ma’lumotlarni velosiped iOS va Android’dagi tegishli dasturga
yuklaydi. Bundan tashqari, velosiped o‘g‘irlab ketilgan taqdirda, uni o‘sha
dastur orqali topish mumkin bo‘ladi.
Loyiha
zarur miqdordagi summani yig‘ishga muvaffaq bo‘ldi. Ilk velosipedlar oktabrda
sotuvga chiqadi. Ularning narxi 1049 dollarni tashkil etadi.