O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ukraina Respublikasi Prezidenti Vladimir Zelenskiyni mamlakat mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan tabrikladi. Prezident tabrigi odatdagidek davlat rahbarining saytida emas, balki O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi veb-sahifasida e’lon qilindi.
“Hurmatli Vladimir Aleksaandrovich!
Sizni va mamlakatingiz xalqini Ukraina milliy bayrami – Mustaqillik kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman.
Shu oyda ikki tomonlama munosabatlarimiz tarixidagi muhim sana – diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligini nishonlayotganimizni ham mamnuniyat bilan qayd etaman.
Hech shubha yo‘qki, an’anaviy do‘stlik va o‘zaro hurmat tamoyillariga asoslangan O‘zbekiston-Ukraina munosabatlari birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz tufayli bundan keyin ham rivojlanib boraveradi.
Fursatdan foydalanib, sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt, mas’uliyatli davlat rahbarligi faoliyatingizda muvaffaqiyatlar, do‘st ukrain xalqiga tinchlik va farovonlik tilayman”, deyiladi O‘zbekiston Prezidentining tabrigida.