Shavkat Mirziyoyev qachon Rossiyaga tashrif buyurishi bugun ma’lum bo‘ladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev aprel oyi boshida Rossiya Federatsiyasiga rasmiy tashrif uyushtirishi mumkin. Bu haqda RIA Novosti xabar tarqatdi.
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Rossiyaga tashrifi aprel oyi boshiga rejalashtirilmoqda. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, tashrif 5 aprelga mo‘ljallangan, ammo bu sana hali rasman tasdiqlanmagan”, deyiladi xabarda.
O‘zbekiston va Rossiya hukumatlararo komissiyasining bugunga, ya’ni 15 fevralga mo‘ljallangan yig‘ilishida Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifi sanasiga aniqlik kiritilib, tashrifdan ko‘zlangan maqsad va reja ishlab chiqiladi.