Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Shahrisabzdagi masjidda o‘g‘irlik, deyarli 40 ming dollarni o‘marib ketishdi


Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida jinoyat yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2018 yil 6 aprelda xususiy tadbirkor, 1988 y.t. S.M. IIBga ariza bilan murojaat qilib, shu yil 3 aprel kuni soat 19.00larda, shahar hududida joylashgan “Hazrati Imom” jome masjidining tahoratxonasida ichida 38.740 AQSh dollari bo‘lgan barsetkasini unutib qoldirganligi va bir ozdan so‘ng qaytib kelib barsetkasini topolmaganligini ma’lum qilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani Bobur ko‘chasida yashovchi, 1970 y.t. A.K. va Toshkent shahar Uchtepa tumani “Qoziguzar” MFY Guliston ko‘chasida yashovchi, 1962 y.t. G‘.N. sodir etganliklari aniqlanib qo‘lga olinganlar.



Manba:kun.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 4925 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Shahrisabz, o‘marib ketishdi, o‘g‘irlik, 40 ming, deyarli, dollar, masjid
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Umidjon007 Essiz shuncha pul
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:25
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное