Ruhshona endi faqat Milliy yo‘nalishda qo‘shiq kuylaydimi…
Sho‘x-shodon qo‘shiqlari bilan yoshlarning ko‘nglidan joy olgan Ruhshona ketma-ket yangi taronalar yaratmoqda. Uning aytgan har bir qo‘shig‘i xit o‘z muhlislariga ega.
Bunga sabab, Ruhshonaning o‘z ijodiga talabchanlik bilan yondoshishi va doim izlanishda ekanini ta’kidlab o‘tishimiz lozim. Xonanda shu kunlarda Eldor Qayumov so‘zi va musiqasi asosida yaratilayotgan qo‘shiq ustida ishlamoqda.Yangi tarona Ruhshonaning aksariyat qo‘shiqlari kabi sho‘x ritmda bo‘lib, «Shekilli» deb nomlanadi. Qo‘shiq tayyor bo‘lishi bilanoq unga klip suratga olinishi rejalashtirilgan.
Yana bir yangi tarona haqida ma’lumot berib o‘tamiz. Ruhshona endi milliy yo‘nalishda qo‘shiq kuylaydi. Hayron bo‘lyapsizmi, xonandaning navbatdagi ijod mahsuli aynan milliy estrada yo‘nalishida bo‘ladi.
Bu haqda kelgusi xabarlarimizda batafsil ma’lumot beramiz, kuzatishda davom eting.