Rossiyaning ayrim viloyatlarida oila kunida ajrashish taqiqlanadi
Rossiyada 8 iyul kuni oila kuni nishonlanadi. Shu munosabat bilan mamlakatning ayrim hududlarida shu kunda ajrashish taqiqlanadi.
Mahalliy matbuotda xabar qilinishicha, bugun Kaluga va Tula viloyatlarida, Amurbo‘yi o‘lkasida va boshqa bir qator hududlarda ZAGSlar ajrashishlarni rasmiylashtirmaydi. Shu tariqa davlat ajrashishlarga qarshi kurashni yo‘lga qo‘ymoqchi.
Oila, muhabbat va sadoqat kuni 2008 yildan buyon an’anaviy ravishda avliyolar Pyotr va Fevroniya xotirasi kunida nishonlanadi. Ushbu bayram, statistik ma’lumotlarga qaraganda, 17 foiz rossiyaliklar tomonidan nishonlanadi.