Rossiyada kollej talabasi boshpanasiz kishini benzin quyib, yoqib yubordi
Rossiyaning Birobijan shahridagi kollej talabasi turar-joy kirish qismida yotgan boshpanasiz kishining ustidan benzin quyib, yoqib yubordi, deya xabar berdi “Interfaks” agentligi.
Tergov xulosalariga ko‘ra, 12 sentabr tunida gumondor ko‘p xonadonli uylarning biridagi kirish joyida tengdoshlari bilan spirtli ichimliklar iste’mol qilgan. U kirish joyidagi boshpanasizni bir necha bor ko‘chaga quvib yuborgan. Shundan so‘ng talaba yaqin-atrofdagi avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasidan benzin sotib olgan va uni boshpanasiz ustidan quyib, yoqib yuborgan.
Jabrlangan tanasining 90 foizi kuyishi oqibatida hodisa joyida vafot etgan. Yosh talaba qo‘lga olinib, unga nisbatan qotillik jinoyati bo‘yicha ish ochilgan.