Kecha, 11 yanvar kuni Rossiyaning Krasnoyarsk o‘lkasi shimolidagi Essey qishlog‘ida -73 daraja sovuq qayd etildi. Bu haqda mahalliy aholi vakillariga tayanib TVK telekanali xabar berdi.Qayd etilishicha, oldin o‘lkada bunday sovuq havo kuzatilmagan. Aholiga ko‘ra, sovuq shu darajada kuchliki, hatto nafas olish qiyin bo‘lmoqda.Ayni paytda Essey qishlog‘ida faqat ijtimoiy ob’ektlarda markaziy isitish tizimi mavjud va elektr quvvati hajmi ham yetarli emas. Shu bois mahalliy aholi uylarini isitish uchun o‘tin yoqishga majbur bo‘lmoqda.
Aholi vakillariga ko‘ra, Essey qishlog‘ida qishki o‘rtacha harorat odatda taxminan -50 daraja hisoblanadi.
Sinoptiklar bunday ob-havo 16 yanvarga qadar o‘lkaning aksariyat qismida davom etishi haqida aholini ogohlantirgan.