Yozning so‘nggi dam olish kunlarida Rossiyada ilk qor yog‘ishi kutilmoqda. “Faol bo‘lmagan siklon Baltika tumanida avj olib, markaziy tumanlarga sovuq haroratni tarqatadi”, deydi Gidrometeorologiya markazi laboratoriya mudiri.
Ma’lumotlarga ko‘ra, payshanba kunidan boshlab harorat pasayishni boshlaydi. Moskvada 16-21 darajalik iliq harorat saqlanib qoladi, kechasi harorat +6...+11 darajagacha tushadi.
Dam olish kunlari Buryatiya tog‘larida ertalab va kechqurun nam qor yog‘ishi hamda harorat 0 darajagacha tushib ketishi kutilmoqda. Krasnoyarsk va Boyko‘l tumanlarida ham havo harorati tushib ketadi. Rossiyaning ko‘plab hududlarida yozning so‘nggi kunlarida yomg‘irli ob-havo kuzatiladi.