29 may holatiga ko‘ra, Rossiyaning Baykalorti o‘lkasida 54,3 ming gektar maydonda 19ta yong‘in o‘chog‘i, Buryatiyada 9,9 ming gektar maydonda 7ta yong‘in o‘chog‘i va Irkutsk viloyatida 2,1 ming gektar yerda bitta yong‘in o‘chog‘i qayd qilingan. Shuningdek, Xabarovsk va Krasnoyarsk o‘lkalarida, Amur va Arxangelsk viloyatlarida, Komi respublikasida ham yong‘inlar kuzatilgan.
Rossiyada 29 mayda 32,3 ming gektar maydondagi 77ta o‘rmon yong‘ini bartaraf etildi, biroq 67,7 ming gektar maydondagi 44ta o‘rmon yong‘ini hamon davom etmoqda.
O‘t o‘chirishga 2482 kishi, 423ta texnika birligi va 37ta havo kemasi jalb qiliingan.
Shu munosabat bilan Rossiyaning 6ta sub’ekti: Xakasiya va Tuva respublikalari, Baykalorti o‘lkasi, Amur viloyatining 6ta tumani, Buryatiya respublikasining 19ta tumani hamda Krasnoyarsk o‘lkasining bitta tumanida favqulodda vaziyat tartibi kiritildi.