Ronaldu 2013-yildan buyon ilk marta finalda mag‘lub bo‘ldi
Kecha – 22-dekabr kuni “Yuventus” Italiya Superkubogi uchun kechgan bahsda “Lasio”ga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Turinliklar yetakchisi Krishtianu Ronaldu faoliyati davomida 2013-yildan buyon finalda ilk marta mag‘lub bo‘ldi. 2013-yilning 17-may sanasida tarkibida portugaliyalik yulduzi bo‘lgan “Real” Ispaniya kubogi finalida “Atletiko”ga (1:2) mag‘lub bo‘lgan edi.
Shundan so‘ng Krishtianu o‘zi ishtirok etgan barcha 12 finalda g‘olib chiqishga erishgan. Ushbu finallar ichida uch bora ketma-ket qo‘lga kiritilgan Yevropa Chempionligasi kubogi ham bor.