Irina Sheyk Ronaldu bilan ajrashgach semirib ketdi
Rossiyalik model Irina Sheyk Parijdagi Givenchy modalar uyidagi namoyishga biroz semirgan holda tashrif buyurdi. Uning ikkinchi bag‘baqasi ham paydo bo‘lgan, deb xabar beradi “Nur.kz”.
Aftidan, sevgilisi Krishtianu Ronaldu bilan ajrashish model uchun og‘ir kechgan ko‘rinadi, deb yozadi “Komsomolskaya pravda”.
Sheykning namoyishdagi libosi ham u orttirgan ortiqcha kilogrammlarni yashira olmadi. Oldinroq Irina Sheyk Ronaldu bilan ajrashgach ko‘proq ovqat yeya boshlaganini ma’lum qilgandi.
Irina borodin noni, pomidor va kolbasa bo‘lagidan iborat buterbrodni xush ko‘radi. Supermodel grek va gruzin oshxonasini ham yoqtiradi. Rossiyalik model o‘z ovqatlari suratlarini tez-tez Instagram orqali chop qilib turadi.