Irina Sheyk Ronaldu uni baxtsiz his qildirganini gapirib berdi
Yaqinda uch karra “Oltin to‘p” sohibi Krishtianu Ronaldu bilan ayrilgan rossiyalik supermodel Irina Sheyk u bilan munosabatlarida o‘zini qulay his qilmaganini tan oldi va sportchi uning orzusidagi mukammal yigit bo‘la olmaganini ta’kidladi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
“Mening didimdagi erkak — adolatli, haqgo‘y, tarbiyali va ayollarga qanday munosabatda bo‘lishni biladi. Meni baxtsiz his qildirgan odamga ishonmayman. Bundaylarni erkak emas, faqat yosh bola deb atash mumkin”, — dedi Sheyk Ispaniyaning Hola jurnaliga bergan intervyusida.
“Men orzuyimdagi kishini topdim, deb o‘ylagandim, biroq bunday bo‘lib chiqmadi. Menimcha, har qanday ayol uchun o‘ziga mos bo‘lmagan erkakning yonida bo‘lish yoqimsizdir. Menda ham shunday bo‘ldi. Men ishonchni his qilmadim”, — deya ta’kidladi supermodel.