Ronaldu o‘yin vaqtida ispaniyalik muxlislarni haqoratlagani ma’lum bo‘ldi
Krishtianu Ronaldu 15 mart kuni o‘tkazilgan “Real” va “Levante” o‘yini vaqtida tribunadagi muxlislarni haqorat qilgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Marca nashri ma’lumotlariga tayanib, Kun.uz nashri xabar beradi.
Ispaniyadagi La Sexta telekanali orqali Ronaldu qay tariqa muxlislarga haqoratomuz munosabatda bo‘lgani ko‘rsatilgan. «Levante»ga qarshi kechgan uchrashuvning ikkinchi bo‘limida madridlik muxlislar futbolchilarning o‘yinidan norozi bo‘lishib, hushtakbozlik qilishgan. Bunga javoban esa, portugaliyalik futbolchi ularga tomon qarata «fodanse» (ispanchadan tarjimada “bor o‘sha yoqqa” ma’nosini anglatadi) so‘zini aytgan.