Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Vorislar - Some Other Day (serial korea)
. Qaxvaxona - soundtreck
. TisMarHan-soundtreck
. Ko'sem - Soundtreck (Turk serial)
. Saroy Javohiri-Soundtreck5
. Efir Sirlari - Soundtrack 4
. Vorislar - Serendipity (serial korea)
. Saroy Javohiri-Soundtreck4
. Ziyoda-Super Qaynona [soundtreck]
. Ishq Jodusi - Latina Instrumental
. Bola Uyda yolg'iz-[Один Дома] soundtreck2
. Soundtreck-Великолепный Век
. Qish Sanatasi-Soundtreck
. Qirolicha - Soundtreck (slow version)
. Sherlock Holmes - soundtreck (offical)
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

Qoraqalpog'istonlik yigit qanday qilib Facebook hodimiga aylanganini aytib berdi




Qoraqalpog'istonlik yosh yigit Aziz MurtazoYev qanday qilib Facebook’ga ishga kirganini aytib berdi. Hozirda u kompaniyaning Londondagi idorasida ishlaydi. Yaqinda qozog'istonlik videobloger Kuan7777 o'zining You Tube’dagi kanalida Aziz bilan bo'lgan interv'yuni joylashtirdi. “Men Nukusda tug'ilib, voyaga Yetdim. Bu shaharda maktab yillarim o'tdi. Yoshligimdan matematikaga qiziqib keldim. Turli olimpiadalarda qatnashdim. Shuningdek, ingliz tilini o'rgandim. Qaysidir sohani tanlash kerak bo'lgan payt men O'zbekiston Milliy universitetining iqtisodiyot fakul'tetiga topshirdim. Avvaliga menga barchasi qiziq tuyuldi, keyin esa gumanitar fanlar men uchun emasligini tushunib Yetdim. Bir kuni uchinchi bosqichda kursdoshlarimdan biri talabalar uchun bepul dasturlash kursi ochilayotganini aytib qoldi. Bir necha darslardan so'ng dasturlash boshqalarga nisbatan aynan men qiziqqan soha ekanligini angladim. Uch oyli kursdan so'ng bizda yakuniy loyihalar o'tkazildi. Loyihalar natijasiga ko'ra, Toshkent kompaniyalari amaliyot o'tash uchun talabalarni tanlab olishdi. Shunday qilib, men kompaniyalarning biriga qabul qilindim va u Yerda 6 oy ishladim. Bu esa menga qimmatli tajriba bo'ldi. O'qishimni tugatgach, kim bo'lib ishlayman, degan savol men qiynardi. Men AT kompaniyalarining birida ishlashga qaror qildim”. 








“Men Toshkentdagi Amerika kompaniyasiga ishga joylashdim. U Yerda amaliyot bo'yicha katta bilimlarga ega bo'ldim. Biroq ikki yillik ish jarayonidan so'ng, menga komp'yuter sohasining nazariy asoslari Yetishmayotganini his qildim. Komp'yuter sohasi mutahassisligi bo'yicha magistraturaga topshirdim. Turli mamlakatlardagi universitetlarga hujjat topshirib, natijada Koreyaning Aju universitetiga kirdim. Besh yarim yil Janubiy Koreyada o'tgan yillar hayotimdagi eng muhim kunlarga aylandi. Ikki yil magistratura ta`limidan so'ng tanlovdan o'tib, Samsung Electronics jamoasiga qabul qilindim. Biz Samsung flagman telefonlari uchun foydalanuvchi interfeysini ishlab chiqdik. Samsung Electronics’da umumiy hisobda 3,5 yil faoliyat olib bordim. O'sha vaqt men o'zim uchun yangi tajriba, yangi ish kerakligini his qildim”.
Bir kuni Facebook’da rekruter chiqib, menga kompaniyada o'z kuchimni ko'rsatishni taklif qildi. Sizga ma`lumki, Facebook dasturchilar uchun eng yahshi kompaniya sanaladi. Albatta, bu taklif meni qiziqtirib qo'ydi. Skayp orqali turli interv'yular tashkil qilindi. Har biri 60 daqiqa davom etdi, ilk 15 daqiqa ular men haqimda va to'plagan tajribam to'g'risida so'rashdi. Keyin esa algoritmli vazifalar yo'llashdi. Birinchi interv'yu juda yahshi o'tdi, ikkinchisi esa men kutgandek oson kechmadi. Ular asosan mening Android tizimiga bo'lgan qiziqishim va shahsiy tajribamni hisobga olishganini ta`kidlashdi. Men o'sha vaqt dastur yaratdim va uni Google Play’ga joylashtirdim. Ularga dastur juda yoqdi va meni Kaliforniyadagi Facebook bosh ofisiga taklif qilishdi: mening yashashim, parvoz qilishim uchun barcha harajatlarni ko'tarishdi. Bosh ofisda men birdaniga 4 Yetakchi mutahassis bilan suhbat qurdim. Natijada menga quvonchli habarni Yetkazishdi va men ishga qabul qilindim"."Facebook bilan bir qatorda Amazon kompaniyasiga ham rezyume topshirdim. U Yerda ham men barcha sinovdan o'tib, ishga taklif qilindim. Biroq meni Facebook’dagi ish ko'proq qiziqtirdi. Bir yil avval men kompaniyaning Londondagi ofisida ishlay boshladim. Bu Yerda qariyb 800 kishi ishlaydi. Ish uchun sharoit ajoyib. Ish samaradorligi uchun barcha taomlar, ichimliklar bepul beriladi. Biz boshqa idoralarga o'hshab ertalabdan kechgacha ishlamaymiz. Ishga istalgan vaqtda kelish mumkin, hattoki, uydan turib ham ishlash mumkin. Idorada biz uchun o'yin honalari, dam olish hududlari mavjud. Kompaniya hodimlar ko'nglini to'ldirish va ularning ish samaradorligini saqlab qolish uchun barcha ishlarni amalga oshiradi".







"Facebook’ga ishga kirish osonmi? Javob quyidagicha: mukammal bo'lishga intilish kerak. Ikki yil avval men bu Yerda ishlashim mumkinligini tasavvur ham qila olmasdim. Olti yil avval men Janubiy Koreyada tahsil olishim va Samsung’da ishlashimni hayolimga ham keltirmagan edim. Sakkiz yil avval, dasturchi emas, iqtisodchi bo'laman deb yurardim. Barchasi o'zgacha tus oldi, muhimi, o'zlikni qidirish, yangi bilimlarni izlash. Men Nukuslik oddiy yigitman va buni uddasidan chiqdim. Siz ham bunga erisha olasiz. Muhimi, bunga ishonish va o'z ustida ishlash". 


Manba:kun.uz
Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 4575 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Ofis, kompaniya, facebook
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:22
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное