Murojaatlaringizga advokat Nafisa IBRAGIMOVA javob beradi. Eslatib o‘tamiz, mutaxassis izohi tavsiyaviy xarakterga ega.
— «Qizingiz kasalmand, nuqul belim og‘riyapti deydi. Bir ishga yaramaydi! Kerakmas menga bunday kelin!». Shu vajlar bilan qaynonasi qizimni qabul qilmayapti. Shifokorga ko‘rsatdik, bolam soppa – sog‘. Og‘irroq yumush bajarganida ozroq beli og‘rib qolgan ekan. Ammo qani endi meni eshitishsa... Kuyov ikki o‘t orasida qolgan, «Onamning yuzidan o‘tolmayman», deydi. Ajrimga bersa nima qilamiz? Axir, bir oygina yashashdi, o‘rtada farzand ham yo‘q. Osongina ajratib yuboraverishadimi?
Ismi sir tutiladi
— Er-xotin o‘rtasida voyaga yetmagan farzand bo‘lmasa, shuningdek, o‘zaro nizo mavjud emasligida, nikoh FHDYo tomonidan bekor qilinishi mumkin. Ammo ajrimga ariza berilganida, albatta, har ikkala tomonning ham fikri inobatga olinadi.