Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Qirg‘iziston chegaradagi suv omborini O‘zbekistonga bermayapti, qaytarib olyapti – Japarov
Qirg‘iziston Kampirobod suv omborini O‘zbekiston tomoniga bermayapti, aksincha, qaytarib olyapti. Bu haqda Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov “Kabar” agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Sadir Japarov 60 yillardan beri suv omborini O‘zbekiston tomoni boshqarganini eslatib, erishilgan kelishuv doirasida qo‘shma boshqaruv o‘rnatilayotganini qayd etgan.

“Biz to‘g‘onni 50/50 asosida birgalikda boshqaramiz. Shunday qilib, biz suv gorizonti 900 dan oshmasligini nazorat qilamiz. Endilikda suv omboriga eng yaqin qishloqlarga suv chiqarish imkoniyati yaratildi. Bungacha bunday imkoniyatlar yo‘q edi”, deya tushuntirgan Prezident.

Shu bilan birga, davlat rahbari to‘g‘on 1965 yilda O‘zbekiston tomonidan qurilgani qayd etilgan arxiv hujjatlariga e’tibor qaratgan.

“Biz bunga bir tiyin ham sarmoya kiritmadik. Suv ostida qolgan yerlar evaziga O‘zbekiston tomoni 1965 yilda bizga Botken, O‘sh va Jalolobodning chegaradosh hududlarida 4127 gektar yer bergan”, deydi u.

Prezident intervyusida hozirda provokatorlar bu yerni berdik deb baqirishayotganini aytib o‘tgan. 

Shuningdek, u Qirg‘iziston tomoni olgan yerlarga uy-joylar qurib, dehqonchilik sifatida foydalanib, hozir ham shu yerlardan foydalanilayotganini qo‘shib o‘tgan.

“Ular bundan siyosat yaratishib, Kampirobodni berib qo‘ydik deyishyapti, go‘yo bugun biz bu yerlarni berib qo‘yapmiz. Bu bema’nilik. Biz chegaradagi kelishmovchiliklarga chek qo‘yishimiz kerak!”, deya xulosa qilgan Prezident.

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyev Qirg‘izistonga jami 19 ming gektardan ortiq yer olib, O‘zbekistonga esa Kampirobod suv ombori akvatoriyasidagi 4485 gektar yer berilishini ma’lum qilgandi. Suv omborini ikki davlat birgalikda boshqarishiga kelishilgan.


Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 2204 | Рейтинг: 0| Рейтинг: O‘zbekiston, olyapti, Qirg‘iziston, bermayapti, chegaradagi, omborini, SUV, qaytarib, Japarov
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 11:04
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное