Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonda sezildi
Bugun, 15 aprel kuni Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda ham sezildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, Toshkent vaqti bilan 14:49 da (Grinvich bo‘yicha 09:49 da) Qirg‘izistonda 4 ballik zilzila yuz bergan.
Zilzila koordinatalari 40,87 gradus shimoliy kenglik va 73 gradus sharqiy uzunlikka ega bo‘ldi.
Zilzila magnitudasi 4 ballga teng bo‘lgan. Chuqurlik – 15 km. Zilzila epimarkazi Toshkentdan 320 km janubiy-sharqda joylashgan.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
Andijon viloyati Xonobod tumanida – 3 ball, 8 km.
Andijon viloyati Qo‘rgontepa tumanida – 2-3 ball, 16 km.