FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 9 may kuni O‘zbekistonda Toshkent vaqti bilan soat 15:41 da kuchli va davomli zilzila kuzatildi.
Zilzila episentri Afg‘onistonda bo‘lib, 6.2 magnitudani tashkil qiladi.
Zilzila kuchi taxminan 3 ball atrofida ekani aytilmoqda.
Toshkent: 3 ball;
Namangan: 3 ball;
Andijon: 3 ball;
Farg‘ona: 3 ball;
Guliston: 3 ball;
Jizzax: 3 ball;
Samarqand: 3 ball;
Termez: 4 ball;
Qarshi: 3 ball.
Talafotlar va jabrlanganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmadi.