10 fevral kuni Qirg‘iziston hududida 4,3 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, zilzila Toshkent vaqti bilan soat 10:24 da qayd etilgan. Zilzila koordinatalari 41 daraja shimoliy kenglik, 74,11 daraja sharqiy uzunlik, 15 km chuqurlikda sodir bo‘lgan.
Zilzila epimarkazi Toshkentdan 411 km janubiy-sharqda joylashgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 6 fevral kuni Turkiya janubi-sharqidagi Qahramonmarash viloyatida 7,9 (dastlabki ma’lumotlarda 7,4) magnitudali zilzila yuz berdi. Yer silkinishi holatlari qo‘shni Suriya, Qozog‘iston, Afg‘onistonda ham yuz berdi.