Portugaliyada dunyodagi eng qadimgi, 8 000 yillik mo‘miyolangan jasadlar topildi. Bu haqda “Interesting Engineering” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, 1960-yillarda 2001 yilda vafot etgan arxeolog Manuel Farinya dush Santush Portugaliyaning Sado vodiysidagi 8 000 yillik 13 ta skeletni suratga olgan.
Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida o‘n uch shaxsning skelet qoldiqlari tasvirlari topilgan. Biroq ushbu suratlarni hozirgacha hech kim ko‘rmagan. Bundan kelib chiqib aytish mumkinki, eng qadimgi mumiyolar Misr yoki Chilida emas, balki Yevropada paydo bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Ushbu faktni aniqlashtirish juda muhim, chunki juda quruq sharoitda mo‘miyolash oson va keng tarqalgan. Yevropada esa havo nisbatan nam va bunday sharoitda mo‘miyolangan yumshoq to‘qimalar kamdan-kam hollarda saqlanib qoladi.
Tadqiqotchilar tasvirlar tufayli qoldiqlar dafn etilgan joylarni rekonstruksiya qilishga muvaffaq bo‘lishgan. Bu esa sakkiz ming yil avval bo‘lib o‘tgan dafn marosimlari haqida ko‘proq ma’lumot olish uchun yaxshi imkoniyat bo‘lgan.
Tasvirlar ikki joyda qabrlarni rekonstruksiya qilish uchun ishlatilgan va tadqiqotchilar bir tananing suyaklari "haddan tashqari egilgan"ini payqagan. Bu esa murdaning qo‘llari, oyoqlari tabiiy chegaralaridan tashqariga ko‘chirilgani va tana parchalash yo‘llari bilan bog‘langanini anglatadi. Arxeologlar aynan shu belgilar o‘limdan keyin tananing mumiyolanganini anglatishini qayd etgan.