Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Plastik kartochkalardagi qoldiq pullarga hisoblanadigan foizlar oshiriladi

Markaziy bank va O‘zbekiston banklar assotsiatsiyasi banklararo chakana to‘lov tizimida mijozlarga xizmat ko‘rsatishda “so‘m” plastik kartochkalari orqali hisob-kitoblarni amalga oshirishda bank va nobank kredit tashkilotlari amal qilishi lozim bo‘lgan tariflarning yangi rejasini ishlab chiqdi.
“Joriy yilning 1 martidan kuchga kiradigan yangi tarif rejasiga ko‘ra, banklar tomonidan jismoniy shaxslarning plastik kartochkalari hisobvarag‘idagi qoldiq mablag‘larga hisoblanadigan foizlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasi (9%) dan kam bo‘lmagan miqdorda belgilandi, - dedi Markaziy bankning Pul muomalasi departamenti direktori o‘rinbosari Faxriddin Boboyev. - Hozirga qadar plastik kartochkadagi qoldiq mablag‘lar tijorat banklari tomonidan Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining yillik 1 foizi miqdorida kapitallashtirilar edi”.
Endilikda jismoniy shaxslar plastik kartochkalarining (ish haqi, pensiya, nafaqa, stipendiya va oilaviy kartochkalar, shu jumladan korporativ kartochkalar) foydalanish muddati tugaganda qayta emissiya qilishda (almashtirishda) bank xizmati haqi undirilmasligi qat’iy belgilab qo‘yildi.


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 5194 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Markaziy bank, Plastik
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Behruz karticka bogani yaxwiyu ln lndeeee
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 21:45
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное