Markaziy bank dollarning rasmiy kursini 8100 so‘m etib belgiladi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 2 sentyabrdagi «Valyuta siyosatini erkinlashtirish bo‘yicha dastlabki choralar to‘g‘risida»gi Farmonga imzo chekkani, unga ko‘ra, 2017 yil 5 sentyabrdan O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari — jismoniy shaxslardan valyuta almashtirish shaxobchalarida erkin ravishda valyuta sotib olish boshlanishi hakida avval xabar bergandik.
Shunga asosan 5 sentyabrdan O‘zbekistonda dollarning kursi 3889 so‘m 65 tiyinga oshdi va 1 AQSh dollari qiymati 8100 so‘m etib belgilandi.
1 yevro qiymati 4678,6 so‘mga oshib, 9645 so‘m 48 tiyinga yetdi.