Oliy ta’lim muassasalarining sirtqi bo‘limida konkurs qanday?
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi bayoni bilan oliy ta’lim muassasalari uchun 2018/2019 o‘quv yilida sirtqi ta’lim shaklida bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha jami 14 050 ta qabul kvotalari tasdiqlangan edi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.
Respublikadagi 52 ta oliy ta’lim ta’lim muassasalarining sirtqi bo‘limiga 135 280 nafar abiturient hujjat topshirdi. Tanlov ko‘rsatkichi respublika bo‘yicha bir o‘ringa o‘rtacha 10 tani tashkil etdi.
Abiturientlar tomonidan quyidagi oliy ta’lim muassasalariga eng ko‘p hujjat topshirilgan:
Andijon davlat universiteti - 8181 nafar;
Samarqand davlat universiteti - 7776 nafar;
Qarshi davlat universiteti – 7725 nafar.
Eng katta konkurs quyidagi oliy ta’lim muassasalarida qayd etildi:
Toshkent davlat pedagogika universiteti – bir o‘ringa 24,1;
Andijon, Qarshi, Farg‘ona davlat universitetlari, Qo‘qon davlat pedagogika instituti – bir o‘ringa 17;
Jizzax davlat pedagogika institutida – bir o‘ringa 16.