Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Великолепный Век-Soundtreck 2
. Merlin-Soundtreck
. IRIS-soundtreck [New 2012]
. Qo'rqmas - soundtreck 2
. Qalbim Chechagi-soundtreck3
. Titanik-soundtreck
. Bola Uyda yolg'iz-[Один Дома] soundtreck2
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Iyun Oqshomi - Yeri Nasalama (soundtreck)
. Yoz ifori-Piano [soundtreck]
. Qor Alangasi - Soundtreck [Offical]
. Bola Uyda yolg'iz-soundtreck
. Qish Sanatasi-Soundtreck
. Saroy Javohiri - Soundtreck
. Efir Sirlari - Piano Version
Главная » Файлы » FIKR MULOXAZA

O‘zgaruvchan xarakterga ega kishilar qaysi faslni yoqtiradi?


Kuz fasli kirib kelib, o‘zining o‘zgacha xususiyatlarini namoyon etishni boshlagandan, Zilolaning injiqdan injiq fe’l-atvori yana avjiga chiqadi. Bo‘lar-bo‘lmasga tushkunlikka tushaverib, atrofdagilarning ham dilini xunob qiladi. Kun-kunora kichik bahonachalarini aytib, darsga kelmaydi. Ko‘chaga chiqqisi kelmas, yerlarda to‘kilib yotgan hazonlarni ko‘rishni yoqtirmaydi. Undan ko‘ra uyda qolib, issiq o‘ranib olib kitob o‘qiydi, yo bo‘lmasam kursini deraza yoniga ko‘yib, tashqariga qarab uzundan uzoq xayollar surgisi keladi.

Ammo do‘stlarimiz orasida kuzni benihoya yoqtiradiganlari ham bor, ular atrofdagi o‘ziga xos manzaraga qarab zavq oladilar, shitir-shitir eshitilgandan yugurib chiqib o‘zlarini yomg‘irga tutadilar. Menga esa tashqarida qanday ob-havo bo‘lmasin, bari bir xildek, shunchaki havoning avzoyiga qarab, qulaygina kiyinib olsangiz basdek, nazarimda. Uning kishi ruhiyatiga sira aloqasi yo‘q deb o‘ylardim. Ammo...

– Tabiat bag‘ridagi o‘zgarishlar istaymizmi yo yo‘q, ruhiyatimizga tasir etadi, – deydi Respublika ilmiy-amaliy tadqiqot markazi kichik ilmiy xodimi Gulbarno Sodiqova. – Kuz faslini sevadiganlar tinchlik, yolg‘izlik va osoyishtalikni xush ko‘rishadi. Bu faslni jiddiy, o‘ziga ishongan va o‘zining qobig‘iga o‘ralgan, ichki ruhiy tushkunlikka moil bo‘lgan insonlar yoqtirishadi. Ularning xarakterlari juda o‘zgaruvchan bo‘ladi, kayfiyatlari fasl holatiga ko‘ra turlanadi. Yangi insonlar bilan muloqotga kirishishi qiyin kechadi. Ishlari, hayotlari davomida to‘plangan tajribalarini qadrlaydilar, o‘tmishda qilingan xatolarni hech qachon takrorlamaydilar. Ular har bir ishni shoshilmasdan, bamaylixotir va yaxshilab o‘ylab amalga oshiradilar. Kuzni yaxshi ko‘ruvchi insonlar juda iste’dodli bo‘lishadi. Tasviriy san’at, she’riyat va nasrda katta muvaffaqiyatlarga erishishlari mumkin.

Psixologiya ilmida yana shunday bir jihat bor ekanki, odamlar orasida “Pluviophile” (ya’ni tomchilarni, yomg‘irlarni sevuvchi) kabi mijozlari bo‘lib, osmondan tushayotgan tomchilarni baxt yomg‘iri deb hisoblashadi, butun ust-boshi, sochlari shalobbo bo‘lsa ham, hech narsaga parvo qilmay yomg‘irdan zavqlanadilar. Yana shunday xillari borki, ular yomg‘ir ostida qilingan barcha niyatlar ro‘yobga chiqishiga astoydil ishonadilar.

Sohibjamol Kattayeva



Категория: FIKR MULOXAZA
Просмотров: 3203 | Рейтинг: 0| Рейтинг: ega, kishilar, O‘zgaruvchan, xarakter, Qaysi, faslni yoqtiradi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 07:57
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное