Apple texnik nuqsonlarga ega iPhone 6 Plus smartfonlarini ortga qaytardi
Apple kompaniyasi ishlab chiqarishdagi ba’zi nuqsonlari sabab iPhone 6 Plus smartfonlarining ma’lum qismini ortga qaytardi. Bu haqda CNN telekanali xabar tarqatmoqda.
Bunday nuqsonlar asosan iPhone 6 Plus qurilmasi bilan suratga olishda, tasvirning tiniq chiqmasligida aks etgan.
Bu turdagi yaroqsiz iPhone 6 Plus telefonlari 2014 yilning sentyabridan 2015 yilning yanvariga qadar sotilgan.
Yaroqsiz qurilmalarning aniq soni noma’lum bo‘lib qolmoqda. Maxsus tashkil qilingan sahifa orqali foydalanuvchi o‘z qurilmasining seriya raqamini kiritib, uning yaroqsiz yoki yaroqli ekanini aniqlab olish imkoniyati yaratilgan.