Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

Apple Xitoyning smartfonlar bozorida yetakchilikni qo‘lga oldi

Kantar Worldpanel ComTech bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Apple kompaniyasi Xitoy smartfonlar bozorida eng yirik brendga aylandi.
Keltirilgan raqamlar 2015 yilning fevraliga qadar davom etgan 3 oy mobaynidagi savdolar natijalarini qamrab olgan. Bu davr mobaynida iPhone’ning turli modellari hisobiga Xitoyda sotilgan smartfonlar umumiy miqdorining 27,6 foizi to‘g‘ri kelgan. O‘tgan yil shu davr mobaynida bu ko‘rsatkich 17,9 foizni tashkil qilgan edi.
Shu tariqa, “olma imperiyasi” Xitoyda Huawei, Lenovo va Xiaomi kabi mahalliy ishlab chiqaruvchilarni chetga surib qo‘ydi. Bunday ko‘rsatkichga erishilishiga asosan kompaniyaning yangi iPhone 6 va iPhone 6 Plus smartfonlari sabab bo‘ldi.
Qayd etilishicha, ko‘rib o‘tilgan davr mobaynida Android-qurilmalar hisobiga Xitoyda sotilgan smartfonlar umumiy midorining 70,9 foizlik ulushi, Windows’da ishlaydigan qurilmalar hisobiga esa bor-yo‘g‘i 0,8 foizlik ulushi to‘g‘ri kelgan. Bir yil avval bu ko‘rsatkichlar mos ravishda 80,3 hamda 1,0 foizni tashkil qilgan edi.
Kantar Worldpanel ComTech tahlilchilari Android qurilmalarning Yevropaning ba’zi davlatlarida (Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Ispaniya va Italiya) savdolari hajmi kamayganini qayd etdilar. Ko‘rilayotgan 3 oylik muddat ichida bu davlatlarda Android-qurilmalarning hisobiga barcha savdolar hajmining 67,6 foizi (bir yil avval 70,5 foiz bo‘lgan) to‘g‘ri kelgan. Ya’ni pasayish 2,9 foizni tashkil qilgan. Aynan shuncha miqdorga iPhone’ning savdolari hajmi o‘sib, 20,9 foizni tashkil qilgan. Windows qurilmalar hisobiga bozorning 10,1 foizlik ulushi (bir avval 9,1 foiz bo‘lgan) to‘g‘ri kelgan.
Manba:kun.uz


Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 2438 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Xitoy, Smartfon, Apple
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:39
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное