Hindistonning Bixar shtatida ikkita tana, to‘rtta oyoq va qo‘lga ega qizcha dunyoga keldi. Bola ahvoli yomonlashgach, jonlantirish bo‘limiga olib kelindi. Afsuski, shifokorlar uni qutqarib qola olishmadi, deb xabar bermoqda Life.ru.
Bola tug‘ilganidan ko‘p o‘tmay vafot etgan, biroq, dahshatli o‘zgarishlarga ega chaqaloq haqida ma’lum bo‘lganidan so‘ng, shifoxonani mahalliy aholi vakillari o‘rab oldi. Ular bolani ko‘rishni istashgan.
Chaqaloqning onasi Savita Devining aytishicha, o‘z farzandini ilk bor ko‘rganida, shokka tushgan.
Ayolning so‘zlariga ko‘ra, bu uning uchun kutilmagan holat bo‘ldi.
"Nima ro‘y bermasin – hammasi yaxshilikka. U bunday o‘zgarishlar bilan qanday yashashi noma’lum edi", - dedi Savita Devi.
Biroq, bolani qutqarib qolishning imkoni yo‘q edi. Shifokor Mukesh Kumarning tushuntirishicha, qizcha yetarli daraja rivojlanmagan, shuning uchun unga hech narsa bilan yordam berib bo‘lmasdi.