Hindistonda chaqmoq 7 kishining umriga zomin bo‘ldi
Hindistonning Assam shtatida chaqmoq zarbidan 7 kishi, jumladan 3 nafar bola halok bo‘ldi, 21 kishi jarohat oldi, deb xabar bermoqda IANS agentligi. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, chaqmoq Barpet okrugidagi Beki daryosidan kechib o‘tayotgan odamlari bor qayiqqa kelib urilgan. Jarohatlanganlar mahalliy shifoxonaga yetkazilganlar, ulardan 3 nafarining ahvoli og‘ir qolmoqda. Avvalroq Bixar va Jarkxand shtatlarida 32 kishi chaqmoq urishidan halok bo‘lgan edi.