Anjir inson organizmi uchun muhim hisoblangan vitamin va mineral moddalarga boydir. Jumladan, anjir tarkibida kalsiy moddasi ko‘p bo‘lib, suyaklar mustahkamligini ta’minlaydi. V6 vitamini esa organizmda yaxshi kayfiyatni baxsh etuvchi serotin moddasining ajralib chiqishiga yordam beradi. Shuningdek, anjirning eng muhim ozuqaviy tarkibi qanddir.
Olimlarning ta’kidlashicha anjir turli xastaliklar, jumladan, ekzema, astma, shamollash, furunkula, o‘simta va yara kasalliklari kabilarni davolashda tavsiya etiladi.
Shuningdek, kardiolog-shifokorlar ham yurak-qon tomir kasalliklarini davolash va oldini olish maqsadida har kuni 2-3 dona anjir mevasini iste’mol qilishni tavsiya etishadi. Anjir varikoz kasalliklarida hamda qon quyuqlashib qolishi, tromblar hosil bo‘lishi natijasida yuzaga keluvchi kasalliklarda ham foydali.
Shifobaxsh meva oshqozon-ichak yo‘llari tizimidagi buzilishlarda ham yordam beradi. Tarkibida kalsiy moddasi ko‘pligi tufayli, suyak va bo‘g‘im kasalliklarini davolashda ham qo‘llaniladi.
Anjirdan tabobatda balg‘am ko‘chiruvchi, peshob haydovchi, yallig‘lanishga qarshi, antitoksin vosita sifatida foydalaniladi.
Sharbati esa qondagi xolesterin miqdorini kamaytiradi.
Barglari diabet bemorlar uchun foydali.
Anjir uzoq vaqt kasal bo‘lgan kishilarga kuch va quvvat baxsh etuvchi meva. U jismoniy va aqliy charchoqni bartaraf etadi.