Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » FOYDALI MASLAXATLAR

Erkak kishiga aytish mumkin bo‘lmagan 10 Ibora

Ba’zan
yaqin insonimiz bilan janjallashib qolsak, jahl ustida unga ortiqcha gaplarni gapirib yuboramiz. Bunday xatoliklarga yo‘l qo‘ymaslik uchunElle.runashri quyidagi maslahatlarni tavsiya qiladi.
Agar meni rostdan ham sevsang, quyidagi vazifalarni bajarishing kerak...”
Bu jumlalarni qanday yakunlash o‘zingizga havola, ammo ular har qanday vaziyatda ham dahshatli tarzda yangraydi! Bir narsani yodda tuting, erkak kishi ayolning unga nima qilishi kerakligini o‘rgatishini, ultimatum qo‘yishini yoqtirmaydi. Agar maqsadga tinch yo‘l bilan erishishni istasangiz, suhbatni boshqacha, yumshoqroq tarzda olib borishga harakat qiling. 
Bu ish qo‘lingizdan kelmasa, qo‘ying, hozir mohir ustani chaqiraman” 
Erkak kishi uchun rafiqasining “mo‘’jizaviy kuch-quvvatiga” ishonmasligidan yomon narsa yo‘q. Ha, balki turmush o‘rtog‘ingiz haqiqatan ham rakovinani tuzata olmas, ammo uning “qahramonlik” qilishiga biroz yo‘l qo‘yib bersangiz, hech nima yo‘qotmaysiz. Behuda urinish joniga tekkach, balki o‘zi usta chaqirishni istab qolar.
Gaplashib olishimiz kerak…”
Noxush tarzda o‘tishi kutilayotgan suhbatlar aynan shu ibora bilan boshlanadi. Demak, turmush o‘rtog‘ingiz o‘zini negativ suhbat uchun tayyorlab, yetkazmoqchi bo‘lgan xushxabaringizni ham fojiali tarzda qabul qiladi.
Meni bir muddat yolg‘iz qoldiring
Agar shu jumlalar bilan munosabatingizga chek qo‘yishni istasangiz, yaxshisi xohishingizni ochiq tushuntirganingiz ma’qul. Chunki erkaklar hamma gapni to‘g‘ri qabul qilganidan, shamangizni tushunmasligi, qaytishingizni kutishi mumkin. Birga bo‘lishni xohlamas ekansiz, uni umidlantirishning nima keragi bor?
Siz judayam kelishgan, aqlli insonsiz, ammo hazil-mutoyibani tushunmaysiz
Ko‘pchilik erkaklarni ularning xunukligi, axmoqligi haqidagi xabarni xotirjam qabul qilishi, ammo hazil-mutoyibani tushunmaslikda ayblashlari haqorat bo‘lib yangrashi, xafa qilib qo‘yishi mumkin.
Ovqatning pulini siz to‘laysiz, to‘g‘rimi?”
Agar sevgan yigitingizga shu savolni beradigan bo‘lsangiz, u faqat pul uchun men bilan uchrashib yuribdi degan fikrga borishi mumkin. Restoranga ovqatlanishga borganda, yaxshisi, ovqatning yarim pulini to‘lamoqchi bo‘lganday, pul uzating. Shunda yoningizdagi yigit haqiqatan ham oliyjanob insonmi yo yo‘qmi bilib olasiz.
Mengacha nechta qiz bilan uchrashgansiz?”
Siz rostdan ham shu savolning javobini eshitgingiz kelyaptimi? U hozir qanday raqamni aytishidan qat’i nazar, baribir sizga yoqmaydi... to‘g‘rimi?
Ilgari uchrashgan qizingiz haqida gapirib bering
Nima uchun? Nahotki uning o‘tmishidagi ayol sizga qiziq bo‘lsa? O‘zingizni bunday muloqotlaringiz bilan unga o‘tmishdagi tuyg‘ularni eslashga yana bir imkon berasiz. Sizga shu kerakmi?
Qomatingiz sportchilarnikiga o‘xshamaydi
Albatta, erkaklar juftlarining bunday shamalarini yoqtirmay qabul qilishadi. Chunki ular qaddi-qomatlari kelishgan, xushsurat bo‘lishni xohlashadi. Bu gapni aytsangiz, u sportzaldan beri kelmay, sizni ham unutib yuborishi mumkin.
Nega menga ilgarigiday e’tibor bermayapsiz? Nahotki latofatli bo‘lmasam?”
Erkak kishi ham tirik jonzot, ba’zida uning ham kayfiyati bo‘lmasligi mumkin. Buni fojiaga aylantirish shart emas. Undan erkaklik vazifalarini talab qilish sharti his-tuyg‘ularini battar so‘ndirishi mumkin.


Категория: FOYDALI MASLAXATLAR
Просмотров: 23027 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 2| Рейтинг: foydali, ibora, Ayol, Erkak kichi, maslaxat
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
89773814462навруз Ha shunday gaplarniyam gapiradimi qizlar ux nixoyatta g'alati gaplar..... <_<
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 13:48
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное